Urgutlik tadbirkor Moskvada nisholda tayyorlab sotayapti

Xabaringiz bo‘ldimi yoki yo‘q, samarqandlik tadbirkor Ikromjon Berdiyev ikkinchi yildirki Moskvada nisholda tayyorlayapti.

Ramazonning bu tansiq taomi Moskva bozorlariga endi kirib kelayotgan bo‘lsada, unga talab katta.

- Nisholdani tayyorlashdan maqsad, buning ortidan boyish emas, musofirlikdagi yurtdoshlarimizga Vatanning xotiralari, bir bo‘lagini ulashish. Nisholdani yeb, oz bo‘lsada Vatanda yurgandek bo‘lishadi, qolaversa sevgan ishimni biznesga aylantirdim - deydi Ikromjon Berdiyev.

Non va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan "Halol luqma" korxonasi egasi nisholda mavsumiy yemakligini ta’kidlab, asosan, bozorlar va do‘konlarga ulgurji tarqatayotganini bildirdi.

"Rossiyalik xaridorlar uchun yangi bo‘lgan yegulikni qiziqish bilan tatib ko‘rishayapti, shunday qilib, nisholda sabab o‘zbek oshxonasining qanchalik boyligini yana ko‘rsatayapmiz".

Ramazon shirinligi uchun zarur mahsulotlarning bir qismi O‘zbekistondan keltirilmoqda.

- Urgutlikman, tog‘li hududda yashaymiz. Arpabodiyon va yetmakni uy tomondan kim kelsa, olib kelishayapti, - deydi Ikromjon Berdiyev.