USAID kimga meros qoladi? Kishidaning qotiliga 15 yil. Quyoshda "teshik"lar paydo bo‘ldi. Vodorod avtobusi sinovlari boshlandi

🔹 Xitoyning Sichuan provinsiyasida kuchli ko‘chki sodir bo‘lib, 30 ga yaqin odam bedarak yo‘qolgan. Qutqaruv operatsiyasiga tinimsiz yomg‘ir va yangi ko‘chkilar to‘sqinlik qilmoqda.

🔹 Tramp buyrug‘i bilan ommaviy deportatsiyalar doirasida 4000 dan ortiq muhojir AQShdan deportatsiya qilindi. 8000 ga yaqini hibsga olingan. Nodavlat tashkilotlar esa tartibsizlik hukm surayotgan chegaradan o‘tish joylarida noqonuniy muhojirlarga yordam bermoqda. Meksika hududga 10 ming askarini joylashtirgan. AQSh ham u yerga qo‘shin yuborgan. Minglab odamlar esa hamon AQShga yetib olish orzusi bilan devorning narigi tomoniga o‘tish harakatida.

🔹 Yaponiya prokuraturasi 2023 yil bahorida bosh vazir Fumio Kisidaga suiqasd uyushtirishga uringan mahalliy fuqaro Ryuji Kimuraga 15 yil qamoq jazosi so‘radi.

🔹 Ayrim Yevropa davlatlari yetakchilari Donald Tramp bojlar joriy etish orqali Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotiga zarar yetkazilishidan norozi. Bugun Donald Tramp po‘lat va alyuminiy importiga 25 foizlik bojlar joriy etish niyatini e’lon qildi. Bundan tashqari, u ertadan boshqa mamlakatlarga “o‘zaro tariflar” joriy etmoqchi. Bu borada tafsilotlar keltirmagan.

🔹 AQSh ma’muriyatining Xalqaro taraqqiyot agentligini (USAID) tugatish to‘g‘risidagi qaroriga binoan moliyalashtirish 90 kunlik to‘xtatilganidan so‘ng xorijiy dasturlarga ko‘p milliard dollarlik xarajatlarni qayta taqsimlash masalasi paydo bo‘ldi. 2023 yilda Qo‘shma Shtatlar xalqaro yordam uchun 64,69 milliard dollar ajratgan, shundan 42,45 milliard dollari USAID tomonidan ajratilgan. Prezident Donald Tramp USAID faoliyatini firibgarlik va korrupsiya deb atadi.

🔹 Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro vazirlar va ma’muriy idoralar rahbarlaridan iste’foga chiqishni talab qildi. Avvalroq o‘tgan Vazirlar kengashining yig‘ilishida hukumatga yangi tayinlovlar taklif etildi. Hukumatning ba’zi a’zolari, jumladan, respublika vitse-prezidenti Fransia Markes tayinlanishga qarshi chiqdi.

🔹 2025 yilda Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Bu haqda davlat rahbari Vladimir Zelenskiy ITV News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. U shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp mojaro tezroq hal etilishini istashiga ishonch bildirdi.

🔹 Donald Tramp G‘azo sektoridan falastinliklarni ko‘chirish rejasini tasdiqladi va u buni Vashingtonning katta ko‘chmas mulkni qo‘lga kiritayotganidek munosabatda bo‘lishga chaqirdi. Ko‘plab siyosatchilar ushbu qarorni sharmandalik deb atamoqda.

🔹 So‘nggi yillarda Quyoshdagi eng katta koronal teshik tufayli Yerda kuchli magnit bo‘roni kutilmoqda.

🔹 Saudiya Arabistonida vodorod avtobusi sinovlari boshlandi. Bu tashabbus shaharning ma’lum yo‘nalishlarida suv avtobuslarini ishga tushirish bo‘yicha pilot loyihaning bir qismidir.