Ustoz o‘gitlari

🔷 Agar maqsadimga yetaman desang, uch narsadan yiroq bo‘l: o‘g‘irlik,sotqinlik, xiyonat.

🔷 Agar hurmat-izzatda yashayman desang, uch narsa haqida maqtanma: mol-mulking, yegan taoming, uyingda bo‘lgan gap.

🔷 Agar biron ishni a’lo darajda bajaraman desang, uchta shartga rioya qil: shoshmasdan gapir, shoshilmasdan yur, shoshmasdan ovqat tanovul qil.

🔷 Agar dunyoda nomim qolsin desang: ilmu-hunarli bo‘l, solih farzand tarbiya qil, shogird tayyorla.

🔷 Nyuton daraxt ostida yotganida boshiga olma tushgandan keyin olam tortishish qonunini yaratganidek, har bir inson boshiga tashvish tushgandagina o‘z taqdiri haqida qayg‘ura boshlaydi.

🔷 Shoirning she’ri va xonanda ashulasi inson ruhiyatiga ma’ruzadan o‘n karra ko‘p ta’sir qiladi.

🔷 O‘g‘il va nabira tug‘ilganda ular sharafiga terak va tok niholi o‘tqazing.

🔷 Ruhiyati zo‘r inson ochlik va tashnalikka, issiq va sovuqqa chiday oladi.

Abdumannon ABDURAHIMOV,

faxriy aloqachi.