Uy-joyga order olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda, sobiq harbiy xizmatchi D.L. fuqaro Sh.J.ga 14 500 AQSh dollari evaziga harbiy qismga tegishli uy-joyni doimiy yashash uchun order olib berishni va’da qilib, shundan 10 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.