Uy sharoitida kislorod ballonidan foydalanish mumkinmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infeksiyasiga chalinib, uy sharoitida davolanayotgan insonlarning kislorod ballonlaridan foydalanishga urinayotgani bilan bog‘liq turli xabarlar tarqalmoqda.

FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, uy sharoitida, tibbiyot xodimlari nazoratisiz kislorod ballonidan foydalanish mumkin emas.

Chunki tibbiyot maqsadlarida ishlatiladigan siqilgan kislorodning xavfli omillari bor. Bu uning tez yonish xususiyati, yong‘in va portlash xavfi bilan bog‘liq.