“UzAuto Motors” Chevrolet Tracker va Onix avtomobil modellari uchun 25 maydan shartnomalar tuzishni boshlaydi

“UzAuto Motors” kompaniyasi Chevrolet Tracker va Onix avtomobil modellarining yangilangan komplektatsiyalari uchun joriy yilning 25 may sanasidan boshlab shartnomalar tuzishni boshlashini ma’lum qildi.

Chevrolet Onix avtomobilining barchaga tanish olti komplektatsiyasi va Chevrolet Tracker’ning uch komplektatsiyalariga qo‘shimcha yangi Premier Plus va Redline modifikatsiyalari uchun shartnoma tuzish mumkin.

Shu bilan birga, shartnoma uchun ochiq bo‘lgan avvalgi komplektatsiyalarning narxi o‘zgarishsiz qoladi.