“UzAuto Motors” fuqarolarni internetdagi firibgarlarga ishonmaslikka chaqiradi

Keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar uchun “UzAuto Motors” kompaniyasining dilerlik aksiyasi nomi ostida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlarda ishtirok etish bo‘yicha takliflar paydo bo‘ldi.
Kompaniya ushbu jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha so‘rovlarga aloqasi yo‘qligini rasman ma’lum qildi.

Bundan tashqari, ushbu internet-aksiyasi firibgarlikning barcha belgilarini o‘zida namoyon etadi. Ehtimol, kompaniya va xaridorlarga qarshi provokatsiya sifatida yaratilgan bo‘lishi ham mumkin.
Kompaniya fuqarolarni so‘rovda ishtirok etishda avtomobil va’da qilayotgan internet-firibgarlarining hiylalariga tushib qolmaslikka chaqiradi.
"Bunday firibgarlik holatlari bo‘yicha biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishingizni so‘raymiz: +99878-141-77-77", deb yozadi kompaniya.