"UzAuto Motors" kompaniyasi avtomobillarni magnitolasiz ishlab chiqaradi va shu holatda sotadi

"UzAuto Motors" kompaniyasi avtomobillarni magnitolasiz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi ekanini bildirdi.

Bunga sabab avtomobillarni yetkazib berish muddatining uzayishi, konveyerlarning to‘xtab qolishi hamda ishchi o‘rinlarning qisqarishini oldini olish uchun ekani aytilgan.

Bugun, 19 yanvardan avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha "Chevrolet Lacetti" va "Cobalt" avtomobillari "Humax" kompaniyasi tomonidan komponentlarni yetkazib berishdagi uzilishlar sababli mijozlarga magnitolasiz yetkazib beriladi.

Xaridorning roziligi bilan amalga oshiriluvchi ushbu majburiy choraning qo‘llanilishi yuzlab iste’molchilarga uzoq kutilgan avtomobillarni yaqin orada yetkazilishini ta’minlaydi.

Ushbu vaziyatdan chiqish uchun magnitolasiz avtomobil xaridorlariga ikkita variant taklif etilgan:

- ishlab chiqaruvchi tomonidan magnitola qurilmasi hamda uning o‘rnatilish xarajatlarining qoplanishi bilan yaqin orada o‘z avtomobilini magnitolasiz olish;

- xohishga ko‘ra, bozordan o‘ziga yoqqan xohlagan turdagi avtomagnitolani UzAuto Motors rasmiy dilerlarida o‘rnatish bilan avtomobilga berilgan kafolatni yo‘qotmaslik;

- avtomobilni keyinchalik tekin qayta jihozlash bilan magnitolasiz olib ketish. Ishlab chiqaruvchi tomonidan magnitola yetkazib berilgandan so‘ng, avtomobilni qayta jihozlash.