"UzAutoMotors" Cobalt, Lacetti, Damas va Labo uchun yana shartnoma berishni boshladi
Bugun "UzAuto Motors" rasmiy saytida ko‘rsatilgan komplektatsiya va mavjud ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilmoqda. Avtomobillar soni cheklangan.
Eslatib o‘tamiz, agar bir shaxs nomiga yiliga bir xil model uchun 2 tadan ortiq avtomobil xarid qilinsa, kompaniya shartnomaning 3.1.2 bandiga asosan avtomobillarni yetkazib berish muddati uzaytiradi. Shu munosabat bilan, xaridorlardan shartnomani imzolashdan oldin uning barcha bandlari bilan to‘liq tanishib chiqishlarini iltimos qilamiz.
Avtomobillar uchun shartnomani Chevrolet’ning vakolatli dilerlik markazlarida tuzish mumkin.