"UZBAT" qo‘shma korxonasi “Yashil energiya”dan qanday foydalanadi?
2015 yilda Fransiyada iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 195 ta davlati tomonidan noyob hujjat – “Parij kelishuvi” ma’qullandi. Ishtirokchi davlatlar butun sayyoramiz kelajagi uchun ahamiyatli mazkur hujjatni imzolab, qayta tiklanuvchi manbalardan olinadigan energiyadan foydalangan holda atmosferaga karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish majburiyatini oldilar.
Albatta, quyosh, shamol va suv energiyasidan avval ham foydalanilgan, biroq aynan mana shu hujjat so‘nggi bir necha yil ichida dunyodagi “yashil” energetika "bum"iga asos solgan.
O‘zbekiston ham 2030 yilgacha “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini qabul qildi. Shu bilan birga, mamlakatimizda energiya tejamkor texnologiyalarga, muqobil avlod manbalarini rivojlantirishga faol sarmoya kiritayotgan yirik xususiy kompaniyalar va tarmoqlar ham farovon kelajak sari intilishda ulkan rol o‘ynashga da’vat etilgan.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekistonda yetakchilardan biri "UZBAT" qo‘shma korxonasidir. Umumiy kelajak uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan kompaniyaning ushbu yo‘nalishdagi global strategiyasiga amal qilgan holda, kompaniya 2030 yilgacha to‘liq uglerod neytralligiga erishishni rejalashtirmoqda.
Shu maqsadda kompaniya o‘z ishlab chiqarish quvvatlaridagi uskunalarning energiya samaradorligini oshirishga sarmoya kiritib, qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini ko‘paytirib, atrof-muhitga foydali ta’sir ko‘rsatuvchi loyihalarni amalga oshirmoqda.
"Bugungi kunda kompaniya korxonalarida qozonxonalar uchun yoqilg‘i sarfini 18 foizgacha tejash imkonini beruvchi zamonaviy qozonxonalar o‘rnatildi. Energiya resurslarini hisobga olish asosida ulardan foydalanishni optimallashtirish choralari ko‘rilmoqda.
- Elektr energiyasini tejash maqsadida avtomatik yoritish tizimlari joriy etildi. Bunda chiroqlar faqat odamlar borligida yonadi, - deydi "UZBAT" Samarqand filiali direktori Pavel Vereshchak.
Pudratchi tashkilotlar xodimlari va vakillarining ekologik madaniyatiga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Ularning sanoatning zararli ta’siri va uglerod izlarini kamaytirish zarurligini yaxshiroq tushunishlari uchun treninglar, murabbiylik mashg‘ulotlari, doimiy axborot berish ishlari olib borilmoqda.
O‘tgan yili "UZBAT" Toshkentdagi o‘zining ob’yektlari va bosh qarorgohida quyosh energiyasi generatorlarini o‘rnatish bo‘yicha ilk loyihalarni amalga oshirdi. 2020-2021 yillarda Samarqanddagi fabrikada quvvati soatiga 30 kilovat bo‘lgan quyosh batareyalari paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, quyosh suv isitkichi modernizatsiya qilindi. Mazkur stansiyalar joriy yilning iyul oyidan ishlamoqda, ular faoliyati davomida 23 ming kVt/soat ekologik toza energiya ishlab chiqargan.
Shu bilan birga, Urgut fermentatsiya zavodi va korxona shtab-kvartirasida maishiy ehtiyojlar uchun quyosh suv isitkichlari o‘z samaradorligini ko‘rsatib, xarid qilingan elektr energiyasi sarfini kamaytirgan.
Global tendensiyada oldinga intilayotgan “UZBAT” bugungi kunda qator yangi loyihalarni amalga oshirishga tayangan holda ishlab chiqarish maydonlarini “yashil” energiya bilan ta’minlashda davom etmoqda. Xususan, kompaniya mutaxassislari energiyani tejashga qaratilgan yana bir qancha tashabbuslarni amalga oshirish niyatida.
Masalan, Samarqand shahridagi fabrikaga suv isitgich va quvvati 100 kVt/soat bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi o‘rnatiladi. Shuningdek, 2025 yilga kelib bu yerda jami 3,5 megavattdan ortiq quvvat ishlab chiqaradigan yana to‘rtta yangi stansiya paydo bo‘ladi.
Quyosh energiyasi Urgutdagi fermentatsiya zavodining ishlab chiqarish maydonlarini ham yoritadi. Joriy yilning o‘zida bu yerda 20 kVt/soat quvvatga ega quyosh batareyalarini o‘rnatish rejalashtirilgan. Kelgusi to‘rt yil ichida esa korxona hududida quvvati 100 kVt/soatgacha bo‘lgan yana to‘rtta quyosh batareyasini o‘rnatish rejalashtirilgan.
Ushbu tadbirlarning barchasiga 500 ming funt sterlingdan ko‘proq mablag‘ sarflanadi. Taxminlarga ko‘ra, kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatlarida foydalaniladigan barcha energiyaning 30 foizidan ortig‘i quyosh batareyalari orqali ishlab chiqariladi. Barcha loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilgach, atmosferaga chiqarilayotgan karbonat angidrid chiqindilari 2017 yilga nisbatan 50 foizga kamayadi.
Reklama huquqi asosida.