«Uzbekistan Airways» 28 yoshga to‘ldi

Jahon aviaindustriyadagi o‘zining 28 yillik ishtiroki davomida O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi xavfsiz va barqaror rivojlanayotgan aviatashuvchi nomini qozondi.


"Pravda vostoka" portali Aviakompaniya haqidagi 28 ta faktni taqdim etdi.
1. 1992 yil 28 yanvarda O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi tashkil topgan;
2. Birinchi xalqaro reys Londonga amalga oshirilgan;
3. 2004 yildan boshlab avikompaniya bosqichma-bosqich Il-86, Il-62, Tu-154, An-24, Yak-40 samolyotlaridan foydalanishni to‘xtatdi;
4. 1996 yilda «Boeing» kompaniyasi ishlab chiqargan samolyotdan tijorat maqsadida foydalanish yo‘lga qo‘yildi;


5. Aviakompaniya arsenalida — Xalqaro aviaxavfsizlik jamg‘armasi, Butunjahon xavfsizlik fondi va «Boeing» kompaniyasi diplomlari va faxriy yorliqlari mavjud;
6. 2008 yilda xavfsiz aviatashuvchi xalqaro maqomi IOSA sertifikati bilan tasdiqlangan;
7. O‘sha yiliyoq aviakompaniya IATA Clearning House ning rasmiy a’zosi bo‘ldi;
8. Shuningdek, birinchi marta bir yilda ikki million yo‘lovchi tashish marrasini egalladi;
9. 2008 yil elektron chipta joriy etildi;


10. 2010 yilda Airbus A320 samolyotidan tijorat maqsadida foydalana boshlangan;
11. 2013 yilda SkyTrax agentligi audit reytingi xulosasi bo‘yicha aviakompaniya xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha dunyoning eng muvaffaqiyatli aviakompaniyalari ro‘yxatidan joy oldi;
12. 2014 yildan boshlab Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) a’zosi;


13. 2014 yilda o‘z havo kemasida dastlabki yuk tashish reysi amalga oshirilgan;
14. 2016 yilda aviachiptalarni onlayn-bron etish va sotish xizmati yo‘lga qo‘yilgan;
15. 2016 yilda charter dasturlar doirasida Alyaskaga dastlabki parvoz amalga oshirilgan;
16. Aviakompaniya Buyuk Britaniyaning Mustaqil turoperatorlar assotsiatsiyasi (AITO) a’zosi hamdir;
17. O‘zining 25 yilligida Boeing 787 Dreamliner samolyotida Nyu-Yorkka o‘zining dastlabki qo‘nmay, to‘g‘ri uchib o‘tadigan parvozini amalga oshirdi;


18. Aviakompaniya bortkuzatuvchilari 2018 va 2019 yillardagi «SkyService» xalqaro forumida g‘alaba qozonib, o‘zining yuqori malakalarini ikki marta tasdiqlashga erishdi;
19. 2018 yildan boshlab aviakompaniya o‘zining xalqaro reyslarida avvaldan joy tanlash va bronlash xizmatini ko‘rsatib kelyapti;


20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq 2019 yilda aviakompaniya «Uzbekistan Airways» AJga aylantirildi;
21. 2018 yilda birinchi marta aviakompaniya yo‘lovchilari soni bir yilda 3 000 000 nafardan oshib ketdi;


22. 2019 yilda aviakompaniya parki ikkita yuqori tejamkor Airbus A320neo samolyoti bilan to‘ldirildi;
23. 2019 yil martidan boshlab aviakompaniya «Bortda Internet» xizmatini ko‘rsatib kelyapti;
24. Aviakompaniya parkidaga to‘rtta samolyot (ikkita Boeing 787-8 «Dreamliner» va ikkita Airbus A320neo) Wi-Fi tizimi bilan jihozlangan;
25. Aviakompaniyaning marshrut tarmog‘idan 60 dan ortiq Yevropa, Osiyo va Amerika shaharlariga yo‘nalishlar joy olgan;


26. Aviakompaniya bortida eng mazali taomlar tortiq qilinadi;
27. Uzoq yillar davomida aviakompaniya MDH aeroportlarida reyslarni amalga oshirish aniqlik reytingida yetakchilik qilib kelmoqda;
28. 2020 yilning fevralida oltinchi drimlaynerning kelishi bilan aviakompaniya Boeing 787 Dreamliner ning MDHdagi yetakchi operatoriga aylanadi.