Vaqt sayohati: Ilmiy nazariyalar va faktlar
Davrdan davrga sayohat qilish mumkinligi to‘g‘risida ilmiy dalillar mavjud. Isroillik olim Ori kuchli tortishish kuchlari yordamida davrdan davrga o‘tish uchun sharoit yaratish imkoniyatini isbotlovchi matematik nazariyani ishlab chiqdi. Orining hisob-kitoblari fazoviy og‘ish va vaqtinchalik tuzilish orqali spiral bo‘ylab yoki doirada o‘tmishga qaytish mumkinligiga ishora qildi.
Tabiatda vaqtinchalik boshqa davrga o‘tishlarni amalga oshiradigan tortishish kuchlari mavjud. Bu kuchlar qora tuynuklar yaqinligida joylashgan. Qora tuynuk barcha jismlarni ichkariga qamrab oladi va unda fizik qonunlar ishlamasligi sababli fazoviy va vaqtinchalik koordinatlar bir-biriga o‘tadi. Izlanishlar mavjud bo‘lsa-da, bugunda vaqtdan-vaqtga o‘tishning haqiqiy isboti yo‘q. Lekin bu o‘tishlarga guvohlik qiluvchi bir nechta faktlar mavjud, xolos.
1987 yilda Rossiyaning Tobolsk shahrida Krapivin familiyali odam ushlanib, politsiyaga olib kelindi. So‘roq paytida u 1965 yilda tug‘ilganligi, Angarsk shahrida kompyuter operatori bo‘lib ishlashini va bu shaharga qanday qilib kelib qolganini tushuntira olmadi. Boshi qattiq og‘rib, hushini yo‘qotganini esladi, o‘ziga kelib, notanish joyda paydo bo‘ldi. Chaqirilgan shifokor unga aqldan ozish tashxisini qo‘ydi va uni psixiatrik kasalxonaga joylashtirishdi.
1828 yilda Germaniyaning Nyurnberg shahrida o‘smir bola topildi. Tergov ehtiyotkorlik bilan olib borilib, u to‘g‘risidagi ma’lumotlar Yevropaning boshqa mamlakatlariga yuborildi. Bu ish bayonnomalari 49 tomga yetdi. Lekin bolaning qayerdan kelganligi aniqlanmadi. Bolakay ajoyib qobiliyatga ega edi. U zulmatda juda yaxshi ko‘rar, lekin sut va ot kabi narsalar haqida hech narsa bilmas edi. Unga Xaspar Xauzer, degan ism qo‘yishdi. Oradan 5 yil o‘tib, u noma’lum shaxs tomonidan otib o‘ldiridi.
1901 yilda angliyalik ikki xonim dam olish uchun Parijga ketishdi. Versal saroyidagi ekskursiya chog‘ida ular o‘z yo‘nalishlarini yo‘qotishdi. Qarshisida XVIII asr kiyimlarini kiygan ikki kishini uchratib, qayerga borishni so‘rashganda, janoblar hech bir narsani izohlay olmadi. Ular eski rusumda kiyingan bir ayol va bir qizni ham uchratishdi. Bu odamlarning tili noma’lum shevani ifodalardi. Nihoyat, ular qayerga borishni ko‘rsatgan odamni uchratishdi. Ketayotib XVIII asr davridagi libos kiygan zodagon ayolning rasm chizib o‘tirganini ko‘rishdi. Ular o‘tmishda ekanliklarini fahmlab, bu haqda hech kimga aytmaslikka qaror qilishdi. O‘n yillar o‘tgach, bu sarguzashtni bir nashrda tasvirlab berishdi...
Bahora MUHAMMADIYEVA tarjimasi.