Vatan himoyachilari doim e’zozda

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yurtimiz sarhadlarini ko‘z-qorachig‘idek himoya qilayotgan, tunu-kun el xizmatida bo‘lgan harbiylar uchun bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Shahar hokimligi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda viloyat madaniyat boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan xonanda va sozandalar, san’atsevar bolajonlar o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari bilan mard o‘g‘lonlarni tabrikladi. Ular qalbiga bayram shukuhini olib kirdi.

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan har jihatdan barchaga o‘rnak bo‘lgan bir guruh harbiylar faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi hamda xizmat davomida halok bo‘lgan harbiylar oila a’zolariga sovg‘alar ulashildi.

Rustam HAYITOV.