Vatan madhi
Onam yanglig‘, aziz naqadar,
Ko‘zim nuri, qarog‘im - Vatan!
Kunduz - oftob, nurli kechalar,
Fonusim - Oy, chirog‘im - Vatan!
Bir jismman, u tanamda jon,
Qosh-u ko‘zim, qabog‘im Vatan.
Tomirimda mavjlanib oqqan,
Qonim tafti - qaynog‘im Vatan.
Orzulari osmon qadar keng,
Chashmadirman, irmog‘im Vatan.
Tomchi bo‘lsam, u ummonga teng,
Daryo ersam qirg‘og‘im Vatan.
Har toshining tinglay arzini,
Qo‘limdagi qayrog‘im Vatan.
Boshim uzra tutgan ramzini,
Oy, yulduzli bayrog‘im Vatan.
Aziz har bir qumli barxani,
Zarra qumman, qumlog‘im, Vatan.
O‘ZBEKISTON - obod gulshanim,
Gulga kirgan chorbog‘im Vatan.
Sarhadiga ko‘z tiksa gar, kim,
Qalqoniman, yarog‘im Vatan.
Qurbon bo‘lcam, so‘nggi manzilim -
Qo‘nim topar tuprog‘im VATAN!..
Shahriddin O‘MIROV,
Ishtixon tumanidagi 87-umumta’lim maktabi o‘qituvchi.