“Vatan taraqqiyotiga mening hissam” respublika tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Samarqand shahridagi Markaziy harbiy okrug ma’naviyat va ma’rifat markazida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” nomli respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar “Tasviriy va amaliy san’at”, “Adabiyot”, “Milliy maqom va milliy estrada” yo‘nalishlarida iqtidorlarini namoyish qilishdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, “Tasviriy san’at” yo‘nalishida toyloqlik Zebo Abdullaoyeva, “Amaliy san’at”da Samarqand shahridan Murodjon Qo‘shayev g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Nazm”da bulung‘urlik Shohsanam Abirqulova, “Nasr” yo‘nalishida narpaylik Pokiza Mahmudova birinchi o‘rinni egalladi.
“Milliy maqom” yo‘nalishida Samarqand shahridan Jasmina Nasimova, “Milliy estirada” yo‘nalishida esa Nurmuhammad Xushvaqtovga teng keladigani topilmadi.
G‘oliblar tanlovning respublika bosqichida qatnashadi.
Tadbirda faol ishtirok etgan va turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.