Vatandoshlarimiz fuqarolik aviatsiyasi uchun havo hududi ochiq mamlakatlar orqali qaytarilmoqda
Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, 10 mart soat 07:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonga jami 25 047 nafar fuqaromiz qaytarildi.
Jumladan:
Saudiya Arabistonidan – 21 017 nafar;
Birlashgan Arab amirliklaridan – 3 555 nafar;
Erondan – 47 nafar;
Qatardan – 394 nafar;
Bahrayndan – 27 nafar;
O‘mondan – 7 nafar.
Vatandoshlarimizni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda qaytarish ishlari asosan fuqarolik aviatsiyasi uchun havo hududi ochiq bo‘lgan mamlakatlar orqali amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.