Vazirlik va «O‘zbekneftegaz» tejamkorlik haqida multfilm ishladi (video)
Kundalik turmushimizda energiya tejamkorligini ommaviylashtirish va bolalarning energiya samaradorligi haqidagi tushunchalarini kengaytirish maqsadida «O‘zbekneftegaz» AJ tomonidan 10 qismli «Quvvat» multiplikatsion filmi ustida ish olib borilmoqda.
Ayni paytgacha multfilmning 8 qismi tayyorlanib, ulardan 6 qismi o‘zbek va rus tillarida «Bolajon», «Zo‘r TV», «Sevimli TV», «MY5» hamda «Milliy TV» telekanallarida namoyish etilyapti. Serial odamlarning kundalik turmushida gaz, elektr energiyasi, issiqlik va suv resurslari ayamasdan sarflanayotgani va bunga qanday chek qo‘yish yo‘llari haqida hikoya qiladi. Ushbu ijtimoiy loyihaning bosh maqsadi bolalarni energiya, tabiat resurslariga hamda energiya tejovchi texnologiyalarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni o‘rgatishdir.
Eslatib o‘tamiz, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan iste’molchilarda energiya tejash madaniyati shakllanmagani aytilgan edi.