Vaziyat murakkablashmoqda: Kecha Samarqandda 42 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, 40 nafar bemor tuzaldi
🔺 2022 yil 8 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 200341 (+369) nafarni tashkil etmoqda.
🔴 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 14 nafari Andijon viloyatida,
📌 7 nafari Buxoro viloyatida,
📌 15 nafari Jizzax viloyatida,
📌 4 nafari Navoiy viloyatida,
📌 6 nafari Namangan viloyatida,
📌 42 nafari Samarqand viloyatida,
📌 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 7 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 16 nafari Xorazm viloyatida,
📌 56 nafari Toshkent viloyatida,
📌 195 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
♻️ Kecha kun davomida:
🔹 Andijon viloyatida 6 nafar,
🔹 Buxoro viloyatida 4 nafar,
🔹 Jizzax viloyatida 8 nafar,
🔹 Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,
🔹 Namangan viloyatida 7 nafar,
🔹 Samarqand viloyatida 40 nafar,
🔹 Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
🔹 Farg‘ona viloyatida 9 nafar,
🔹 Xorazm viloyatida 8 nafar,
🔹 Toshkent viloyatida 14 nafar,
🔹 Toshkent shahrida 22 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 197073 (+121) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
⚫️ Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1494 nafarni tashkil qildi.
Ma’lumki, shu kunlarda dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yanada murakkablashmoqda. Xususan, COVID-19ning yangi "omikron" shtammi qator mamlakatlarda jiddiy muammolarni yuzaga keltirayotir. Buning ortidan esa ko‘plab davlatlar keskin karantin choralarini qo‘llashga majbur bo‘lyapti.
Afsuski, so‘nggi kunlarda yurtimizda ham kasallanishlar soni yana orta boshladi. To‘g‘ri, hali mamlakatimizda "omikron" shtammi aniqlangani yo‘q, biroq bu xotirjamlikka berilish uchun asos bo‘la olmaydi. Shu sababli barcha yurtdoshlarimizdan dunyodagi murakkab epidemiologik vaziyatdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda karantin qoidalariga qat’iy rioya qilib, kasallikka qarshi to‘liq emlanishlarini so‘raymiz, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati ma’lumotida.