Viloyat arxivi kubogi uchun sport musobaqalari o‘tkaziladi
Prezidentimizning beshta muhim tashabbusi hamda 2020 yil 24 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida 11-12 mart kunlari “Viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi kubogi” uchun sport musobaqalari o‘tkaziladi.
Navro‘z umumxalq bayrami arafasida Samarqand shahrida tashkil etiladigan sport bellashuvlarida viloyat, tuman va shahar arxiv muassasalari xodimlari ishtirok etadi.
Buning uchun joriy yilning 5 martiga qadar musobaqada ishtirok etish talabnomalarini boshqarmaga taqdim etishlari lozim.
Musobaqalarni quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘tkazish belgilangan:
Erkaklar o‘rtasida:
- 2 kilometr masofaga yugurish;
- kuch sinashish (armrestling);
- stol tennisi;
- futbol;
Ayollar o‘rtasida:
- 200 metrga estafetali yugurish;
- shashka;
- stol tennisi;
- voleybol.