Viloyat hokimining o‘rinbosari mehnat migrantlari bilan onlayn muloqot o‘tkazdi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi xodimlari va Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqov ishtirokida Rossiya Federatsiyasidagi “SU-10”, “Monotek” kompaniyalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan mehnat migrantlari bilan onlayn muloqot tashkil etildi.

Muloqotda yurtdoshlarimiz yashash va ish sharoitlari, kredit, tegishli guvohnomalar olgan holda malaka oshirish imkoniyatlari, tashkiliy ishga qabul qilish chog‘ida fuqarolar mehnat faoliyatining dolzarb masalalari muhokama qilindi.