Viloyat hokimining qishloq xo‘jalik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Hajga jo‘nadi
Ayni paytda bir guruh samarqandlik fuqarolar Haj ziyoratiga yo‘l oldi.
Bu yilgi mavsumda Samarqanddan 19 ta guruh rahbarlari boshchiligida 912 nafar ziyoratchi Hajga borishi belgilangan. Ular 4 ta aviareysda Samarqand xalqaro aeroportidan Madina shahriga kuzatiladi. Birozdan so‘ng birinchi aviareysda, ya’ni soat 19:45 da 245 nafar samarqandlik ziyoratchi safarga jo‘naydi. Ahamiyatlisi, bu yil 65 yoshdan oshgan nuroniylar uchun ham Haj ziyoratini amalga oshirishga ruxsat berildi.
- Dunyoda keng tarqalgan virus sabab haj ibodatini ado etish hech bir musulmonga nasib qilmadi, - deydi samarqandlik 78 yoshli Do‘stmurod Eshimov. – Keyinchalik esa 65 yoshdan oshganlarga safarga chiqishga ruxsat berilmadi. Men ko‘p yillik orzuim amalga oshmay qolishidan qo‘rqqandim. Bugun, shukurki, yana biz, yoshi ulug‘larga ham muborak Haj amalini bajarib qaytishga yo‘l ochildi. Xursand holda, mana, safarga otlandik.
Xayrullo Sattorov,
viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari.
P/s: Suratlarni ko‘rib, muborak Haj safariga yo‘l olgan samarqandliklar orasida viloyat hokimining qishloq xo‘jalik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdumajid Nurqulovni ham ko‘rdik.