Viloyat hokimlari oldiga qo‘shimcha 110 mingta ish o‘rni yaratish, kamida 1 milliard dollarlik eksport qilish uchun sharoit yaratish vazifasi qo‘yildi

Davlat rahbari ishtirokidagi yig‘ilishda hokimlarning ajratilayotgan mablag‘lar hisobidan ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha rejalari qoniqarsiz ekanligi, bir hafta muddatda ushbu rejalarni ajratilayotgan mablag‘larga mos ravishda qayta ko‘rib chiqishga topshiriq berildi.

Umuman, viloyat hokimlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yil yakuniga qadar sanoat zonalarida 2 mingta yangi loyihani ishga tushirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Viloyat hokimlari oldiga bu loyihalar hisobiga qo‘shimcha 110 mingta ish o‘rni yaratish, 17,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish, kamida 1 milliard dollarlik eksport qilish uchun sharoit yaratish vazifasi qo‘yildi.

Bundan tashqari, infratuzilmasi hal etilgan sanoat zonalarida 1 mingdan ziyod yangi loyihaga yetadigan yer maydonlari mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ikki oy muddatda 174 ta maxsus zonada kamida 250 ta yer maydonini auksionga chiqarib, loyihalarni boshlashga ko‘rsatma berildi.