Viloyat hokimlariga turoperatorlarni jalb etib, turizm bo‘yicha PR markazi filiallarini tashkil qilish vazifasi topshirildi

Prezident raisligidagi yig‘ilishda viloyat hokimlari ham o‘zining hududini xorijda keng targ‘ib qilishga o‘rganishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Buning uchun hokimlar turoperatorlarni jalb etib, PR markazi filiallarini tashkil qiladi. Ular:

- har bir viloyatning “tashrif qog‘ozi”ni ishlab chiqadi;

- Toshkent shahri hamda hududlardagi aeroport, vokzallar va mehmonxonalarda “turizm bekatlari”ni tashkil qiladi;

- har bir viloyatning o‘zi uchun xos bo‘lgan “mavsumiy turistik paketi”ni tayyorlaydi;

- festival va konsertlar o‘tkazish grafigini tasdiqlab, nafaqat mahalliy, balki xorijiy sayyohlar uchun ham e’lon qiladi.