Viloyat IIB: Ishtixonda taqiq o‘rnatilgani haqidagi xabar yolg‘on va asossiz

Joriy yilning 13 aprel kuni telegram ijtimoiy tarmog‘ining "IShTIXON OVOZI" kanalida “Ishtixonga kirish va chiqish taqiqlandi” nomli post joylangan edi.

Kanal mas’ullari mazkur xabarni tuman IIB YHXB jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi berganligini ma’lum qilishgan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati viloyat ichki ishlar organlari tizimida bu kabi bo‘lim yo‘qligini hamda mazkur ma’lumot hech qanday manbaga asoslanmaganligi sababli ushbu xabarni yolg‘on va asossiz ekanligini ma’lum qiladi.

IIB nomidan xabar chiqarish huquqiga ega bo‘lmay turib, yolg‘on xabar joylaganligi uchun ushbu kanal mas’ullariga nisbatan tekshiruv ishlari o‘tkaziladi.

Viloyat hududidagi biror bir tuman yoxud shahar hududiga kirish yoki chiqish ta’qiqlansa, rasmiy xabar viloyat yoki o‘sha hududdagi hokimlikning axborot xizmati yoki viloyat IIB tomonidan e’lon qilinishini ma’lum qilamiz.

 

Viloyat IIB axborot xizmati.