Viloyat IIB xodimlari og‘ir leykoz tashxisi bilan davolanayotgan bemorga donorlik qildi
Samarqand viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining bir guruh xodimlari viloyat gemotologiya markazida og‘ir leykoz tashxisi bilan davolanayotgan Mukarram Abduhafizovaga yaqindan yordam berish maqsadida donorlik qilishdi.
Shuningdek, boshqarma xodimlari 1998 yilda tug‘ilgan, Samarqand tumanidagi Quyi Arabxona mahallasida yashovchi ushbu bemorning chet elda davolanishi uchun moddiy yordam berishga ham harakat qilishmoqda.