Viloyat Kengashining 15-sessiyasi 24 iyul kuni o‘tkaziladi

Bu haqda Kengash raisi Sh.Negmatovning bugun, 21 iyul kuni qabul qilgan "Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq, o‘n beshinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi farmoyishida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, xalq deputatlari viloyat Kengashining o‘n beshinchi sessiyasi 2025 yil 24 iyul kuni chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- Payariq tumanida “Zarbdor tajribasi” asosida drayver loyihalarni birinchi bosqichda amalga oshirish holati to‘g‘risida tuman hokimi I.Jabborovning hisoboti;
- “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining viloyatdagi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i S.Boboyevning hisoboti;
- “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunining viloyatdagi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Egamovning hisoboti;
- Samarqand viloyati mahalliy byudjeti xarajatlarining 2025 yilda maqbullashtirish natijasida shakllangan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida;
- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
- o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;
- jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida;
- Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan “Zarafshon havzasining irrigatsiya tizimini rekonstruksiya qilish” loyiha konsepsiyasi to‘g‘risida;
- xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2025 yil 25 fevraldagi “Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzurida ekspert guruhi tashkil qilish to‘g‘risida” qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;
- viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- boshqa masalalar.