Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Germaniyadan kelgan malakali shifokorlar bepul ko‘rik o‘tkazadi
Tibbiy ko‘rik 14 may kuni soat 10:00 da boshlanadi.
Unda murakkab turdagi kuyishning asoratlari, osteomiyelit asoratlari, siydik yo‘llari tug‘ma nuqsoni va operativ davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar ko‘rikdan o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda davolash imkoniyati bo‘lmagan 3-11 yoshgacha bo‘lgan ayrim turdagi bemor bolalar Germaniyaga olib borilib (borish-kelish ham bepul) davolanadi.
Qabul qilinuvchilarga ma’lum cheklovlar mavjud. Jumladan, yurak tug‘ma nuqsonlari, bosh miya va umurtqa pog‘onalari o‘simtalari, nevrologik kasalliklar, bolalar serebral falajligi va leykozlar, gidronefroz, surunkali buyrak yetishmovchiligi, son suyagi tug‘ma chiqishi, somatik kasalliklar, konservativ davolanishga muhtoj bemorlarni ko‘rikka tayyorlash tavsiya etilmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun "Sog‘lom avlod uchun" nodavlat notijorat tashkiloti viloyat bo‘limi rahbari Rahima Rahmonova (+998933468558)ga yoki bo‘lim xodimi Ma’rifat Mirzayeva (+998937292164)ga murojaat qilish mumkin.