Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Germaniyaning MAGDEBURG universiteti hamda Bolalar jarrohligi va travmatologiyasi markazi o‘rtasida Memorandum imzolandi
Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bolalarni tekshirish va davolashda zamonaviy usullarini amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha dunyoning 20 dan ortiq davlatlarining nufuzli klinikalarida amaliyot yo‘lga qo‘yilgan.
O‘z navbatida xorijlik mutaxassislarning tashrifi tashkil etib kelinmoqda.
Germaniyalik professorlar Samarqanddagi markazda murakkab turdagi 10 dan ziyod operatsiyalarni amalga oshirgan.
Hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida 26-27 may kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan O‘zbekiston - Germaniya tibbiyot Forumi doirasida Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Germaniya davlati MAGDEBURG universiteti Tibbiyot fakulteti “Bolalar jarrohligi va travmatologiyasi markazi” bilan Memorandum imzolanishi rejaga kiritilgan edi.
Shu munosabat bilan Germaniyaning MAGDEBURG universiteti Tibbiyot fakulteti, “Bolalar jarrohligi va travmatologiyasi markazi” direktori Salmai Turial o‘z guruhi bilan markazga tashrif buyurdi.
Markaz mutaxasislarini Germaniya davlatida o‘z malakalarini oshirishi, Germaniyalik mutaxasislar tomonidan markazda master klass tarzidagi operatsiyalarni o‘tkazilishi, bemorlarni teletibbiyot usulida konsultatsiyalar qilish, Germaniya mutaxassislari tomonidan markaz xodimlari uchun onlayn-oflayn tarzda ma’ruzalar taqdim etilishi kelishib olindi.
Markaz mutaxasislariga tekshirish va davolashni zamonaviy asoslari bo‘yicha ilmiy-amaliy-metodik yordam berish sohasida o‘zaro kelishuvlarni kengaytirish buyicha Markaz bosh vrachi Mamatqul Azizov va Germaniya tomoni o‘rtasida o‘zaro hamkorlik buyicha muddatsiz Memorandum imzolandi.