Viloyat musiqali drama teatri premeralari
Xususan, mart oyida Nasrullo Qobilning "Na malaksan, na farishta", Umar Bayjiyevning "Duel" spektakllari premeralarini o‘tkazyapmiz. May oyida O‘lmas Umarbekovning "Kuzning birinchi kuni" dramasini sahnalashtirish, Navoiy, Xorazm va Sirdaryo viloyatlariga ijodiy safarga chiqishni niyat qilganmiz.
Muxlislarimizga yuksak saviyadagi spektakllarni taqdim etish niyatida o‘tgan yil O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev tomonidan Izzat Sulton qalamiga mansub "Imon", O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzoning "Samarqand sayqali", turk dramaturgi Tuknjar Jujano‘g‘lining "Ko‘chki" va Nurillo Abbosxonning "Mehridaryo" asarlari sahnalashtirildi.
Mustaqillik yillarida teatrning ijodiy imkoniyatlari kengayib, qator yirik tarixiy asarlar sahna yuzini ko‘rdi. O‘zbekiston san’at arboblari, taniqli rejissyorlar Bahodir Yo‘ldoshev, Olimjon Salimov, Bahodir Nazarov, Valijon Umarov, adabiyotshunos olim Shuhrat Rizayev, taniqli rassom Shuhrat Abdumalikov, O‘zbekiston xalq artistlari Erkin Komilov, Yodgor Sa’diyev bilan ijodiy hamkorlikda "Buyuk Ipak yo‘li", "Nodirabegim", "Imom Buxoriy", "Alpomish", "Buyuk Temur", "Mirzo Ulug‘bek", "Imon", "Aka-ukalar", "Shoh Edip" kabi mumtoz asarlar sahnalashtirildi.
Bahodir ShAROFOV, viloyat musiqali drama teatri direktori va badiiy rahbari.