Viloyat musiqali drama teatri rahbari Qozog‘istonda “Do‘stlik” medali bilan taqdirlandi

Joriy yil O‘zbekistonda "Qozog‘iston yili" deb e’lon qilinganligi ikki qardosh davlatlar o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarning yangi sahifasini ochib berdi.

Aprel oyida Samarqandda ijodiy safarda bo‘lgan Qozog‘istonning Chimkent o‘zbek drama teatri jamoasi viloyat musiqali drama teatri jamoasini Chimkentga taklif etishgan edi. 20 may kuni teatr jamoasi Qozog‘istonda ikki kunlik ijodiy safarda bo‘ldi. Sayram va Chimkent viloyatlarida Xursand Xoliqovning "Bir o‘lib ko‘raychi" spektakli namoyish etildi.

Tashrif davomida teatr rahbari Kamoliddin Qorjovov Qozog‘istondagi o‘zbek xalqining tili, madaniyati va an’analarini, millatlararo totuvlikni rivojlantirishdagi hamda jamoat ishlaridagi samarali faoliyati uchun “Do‘stlik” medali bilan taqdirlandi.

Jamshid Amirov.