Viloyat sudi sudyalari joylarda qonun targ‘ibotini o‘tkazishdi

Samarqand viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalari B.Jumaboyev, O.Pardayev ishtirokida seminar-yig‘ilishi o‘tkazildi.
Qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar, sud-huquq islohotlari, shuningdek, favqulodda holatlarga bog‘liq ma’muriy ishlarni yuritish tartiblari tadbirning asosiy mavzusi bo‘ldi.
B.Jumaboyev yaqinda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi hamda Jinoyat, Iqtisodiy va Fuqarolik protsessual kodekslariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida”gi qonunlar mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdi. Ushbu qonunlar bilan ishlarni ko‘rib chiqilishida bir-birini takrorlovchi instansiyalar bekor qilingani, “bir sud – bir instansiya” tamoyili joriy etilgani, bu yangiliklar qonunchilikda nimalar o‘zgarganini tushuntirib berdi.
Tadbirda ishtirok etgan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i O‘.Meyliyev, Samarqand harbiy prokurorining katta yordamchisi M.Parpiyev, MIB bo‘lim boshlig‘i S.Mamayusupov, viloyat IIB xodimi A.Xoliqov qonunchilikdagi yangiliklar haqida, xususan, favqulodda holatlar bilan bog‘liq tergovga qadar tekshiruv ishlari, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni sudlarga yuborish tartibi, ma’muriy jarimalarni majburiy undirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berdi.
***
Shuningdek, viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalari O.Pardayev, J.Arslonov, jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi Z.Ahmedova Samarqand shahridagi Dari-Zanjir mahallasida sayyor uchrashuv va sayyor qabul o‘tkazdi.
Uchrashuvda yig‘ilganlarga “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlarning mazmun-mohiyati tushuntirib berildi. Aholi tushunishi oson bo‘lishi sudyalar bitta qonunlarni sodda tilda sharhlab, mazkur qonunlarni qabul qilishdan asosiy maqsad qonunchilik va xalq uchun foydasi nimalarda ekanligini batafsil tushuntirdi. Barcha savollarga atroflicha, hayotiy misollar bilan javob berildi.
Shuningdek, sayyor qabulga kelgan fuqarolardan 2 nafari tadbirkorlik qilish uchun kredit olish bo‘yicha murojaat qildi. Ularga bank muassasalariga murojaat qilish tartibi tushuntirildi.
Viloyat sudi Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi.