Viloyatda 6 oyda 400 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 4 630 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklangan
Bu haqda Samarqand viloyati prokuraturasi hay’atining navbatdagi majlisida aytib o‘tildi.
Majlisda joriy yilning 6 oyida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyat natijalari tanqidiy muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, qonunga zid bo‘lgan mingdan ortiq hujjatlar bekor qilingan, qonunni buzgan 3 mingdan ortiq shaxslarning javobgarlik masalasi hal qilingan, jiddiy qonun buzilishi holatlari yuzasidan 400 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 4 630 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklangan.
Tekshirishlar va tergov davomida qariyb 195 mlrd. so‘mlik zarar undirilishi ta’minlangan.