Vladimir Putin Samarqandga keldi

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashining yigirma ikkinchi majlisida ishtirok etish uchun 15 sentyabr kuni Samarqandga keldi.
Oliy martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Sammit tadbirlari doirasida O‘zbekiston va Rossiya yetakchilarining uchrashuvi o‘tkazilishi hamda strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etilishi ko‘zda tutilgan.