Vladivostokda qalin tuman: yo‘lda avtomashinalar faralarini yoqmasdan harakatlana olmayapti

Vladivostokda shunaqa qalin tuman tushganki, sal nariroqdagi odam zo‘rg‘a ko‘rinadi, deb yozmoqda Lola Nurnigoh o‘zining ijtimoiy sahifasida. Kuppa-kunduz kuni uy ichida chiroqlarni yoqib qo‘yganmiz,chunki ichkari qorong‘i. Ko‘chadagi mashinalar faralarini yoqib olib, sekin haydashayapti, chunki tumanda o‘sha farasidan boshqa joyi ko‘rinmaydi. Harakat sustligidan ba’zi joylarda tirbandliklar hosil bo‘lgan. Faralarni yoqib yurish haqidagi qonun dastlab tuman tushadigan yurtlarda paydo bo‘lgan, shekilli?
Tuman ichida mashina chiroqlari xuddi yo‘l izlayotgan juft ko‘zlarga o‘xshab ketarkan.
Qonunlar kimgadir taqlid qilib emas, ehtiyoj yuzasidan qabul qilinishi kerak. Shundagina odamlar nazoratsiz ham ularga bo‘ysunadilar, deb o‘ylayman.