WBA reytingi yangilandi: 6 nafar bokschimiz o‘rin oldi

Butunjahon boks assotsiatsiyasi aprel oyi yakuniga ko‘ra yangilangan reytingni e’lon qildi.

Ushbu reytingdan 6 nafar bokschimiz o‘rin olgan:

- super yarim o‘rta vazn (69,8 kg) toifasida Isroil Madrimov 1-o‘rinda qoldi;

- super yengil vazn (63,5 kg) toifasida Shahram G‘iyosov 7-o‘rin, Shohjahon Ergashev 13-o‘rin. Ergashev o‘tgan oyda 12-pog‘onani egallab turgan edi;

- yarim yengil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 2-o‘rinda qoldi;

- birinchi yarim yengil vazn (55,3 kg) toifasida Murodjon Ahmadaliyev yo‘nalish chempioni;

- birinchi o‘ta yengil vazn (48,8 kg)da esa Hasanboy Do‘smatov 3-o‘rinda qoldi.