Xakerlar AQShning bir nechta shtatidagi davlat organlari tizimlarini buzib kirishdi
Xakerlar AQShning Merilend shtatidagi Baltimor shahridagi davlat tuzilmalariga AQShning Milliy Xavfsizlik Agentligi yaratgan EternalBlue dasturi orqali hujum uyushtirdilar.
Ular o‘z xatti-harakatlarini 7 may kuni boshladilar. O‘sha kuni xakerlar minglab xizmat kompyuterlariga, elektron pochta qutilariga hujum qildilar. Shuningdek, ko‘chmas mulk savdosi o‘tkaziladigan platformani va sovuq suv to‘lovlari hisob-kitobi yuritiladigan tizimni buzib kirishdi.
Xakerlar o‘zlari buzib kirgan tizimlardagi barcha kompyuter ekranlarida o‘zlariga 100 dollarlik bitkoin to‘lanishi lozimligi haqidagi yozuvni yozib qo‘ydilar.
O‘sha kuni xakerlar hujumi qo‘shni Pensilvaniya va Texas shtatlari davlat tizimidagi kompyuterlarda ham kuzatilgan.
Milliy Xavfsizlik Agentligi tomonidan yaratilgan EternalBlue xavfsizlik tizimi, asosan, Windows tizimini himoya qilish uchun maxsus yaratilgan edi.
Ushbu tizim ilk marta ShadowBrokers xakerlar guruhi tomonidan 2017 yil, aprel oyida buzib kirilgandi. Shundan so‘ng Milliy Xavfsizlik Agentligi 2017 yil, may-iyun oylarida Wannacry va NotPetya viruslaridan tozalab, qayta ishlagan edi.
O‘shanda hujum natijasida birinchi Rossiya, Ukraina, Hindiston va Tayvand davlatlaridagi aksariyat kompyuterlar ishdan chiqqan. Ko‘rilgan zararning umumiy ko‘lami 1 mlrd dollarga baholanmoqda.
Wannacry virusi Rossiya va Ukrainadagi aksariyat kompaniya va banklarning kompyuter tizimlarini ishdan chiqargan.
Umumiy hisobda xakerlar dunyoning 150 mamlakatidagi kompyuterlarga zarar yetkazishgan.
Buyuk Britaniya ushbu xakerlik hujumida rossiyalik xakerlarni ayblagan bo‘lsa, AQSh Shimoliy koreyalik xakerlardan gumon qilmoqda.