Xalq bilan muloqot doirasida 20 mingdan ziyod murojaat ijobiy hal etildi

Xalq bilan muloqot samaradorligini oshirish masalasi ham doimiy diqqatimiz markazida bo‘lmoqda.

Yarim yil davomida aholi bilan 2 mingdan ziyod uchrashuvlar o‘tkazildi. Jismoniy va yuridik shaxslarning 34 mingga yaqin murojaati ko‘rib chiqildi.

Shaxsiy qabullarda 4 800 nafar, sayyor qabullarda 6,5 ming nafarga yaqin fuqaro qabul qilindi.

Albatta, bu yaxshi natija. Lekin, shunga qaramasdan ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirishimiz, imkon qadar har bir murojaatni qonuniy hal etish choralarini ko‘rishimiz kerak. Chunki, xalqimizni qiynab kelayotgan muammolar hali ko‘p.