Xalq deputatlari viloyat Kengashining 101-sessiyasi 31 iyul kuni o‘tkaziladi
Bu haqda viloyat hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi F.Abilovning bugun, 24 iyulda "Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq, bir yuz birinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida" qabul qilgan qarorida ma’lum qilindi.
Qarorga ko‘ra, xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi bir yuz birinchi sessiyasi 2024 yil 31 iyul kuni chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- viloyatda 2024 yilning birinchi yarim yilligida davlat va mahalliy byudjet daromadlari prognoz ko‘rsatkichlarining ijrosi to‘g‘risida viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzayevning hisoboti;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri M.Turdiyevning viloyatda aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan axboroti;
- viloyatda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish ijrosi yuzasidan «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari» AJ raisi U.Nazarovning hisoboti;
- viloyatda energiya resurslarini iqtisod qilishning maqsadli ko‘rsatkichlarni tasdiqlash to‘g‘risida;
- yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) to‘g‘risida;
- Turkiya Respublikasi fuqarosi Ali Baklan (Ali Baklan)ga «Faxriy fuqaro» maqomini berish to‘g‘risida;
- xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024 yil ikkinchi yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
- bo‘sh turgan davlat mulki ob’yektini «E-Auksion» elektron savdo platformasi orqali auksion savdolariga chiqarish to‘g‘risida;
- xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashidagi deputatlik o‘rinlari sonini belgilash to‘g‘risida;
- viloyat hokimi o‘rinbosarlarining 2024 yil ikkinchi chorak faoliyati samaradorligi natijalarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- Samarqand viloyatining Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shaharlari, Jomboy, Oqdaryo, Past Darg‘om, Bulung‘ur, Payariq, Paxtachi, Samarqand, Qo‘shrabot, Urgut, Toyloq va Nurobod tumanlaridagi kichik sanoat zonalarini tugatish to‘g‘risida;
- 2024–2026 yillarda Past Darg‘om va Ishtixon tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida;
- Samarqand viloyatida avtomobil yo‘llari, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimi, elektr energiyasi ta’minoti, ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida;
- viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- boshqa masalalar.