Xalqaro anjuman Qur’on tilovati bilan boshlandi

Samarqand shahrida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Imom Buxoriy merosining o‘ziga xos xususiyatlari va bugungi kundagi tarbiyaviy ahamiyati” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazilmoqda.

Anjumanda Afg‘oniston Islom Respublikasi Irshod, haj va vaqf ishlari vaziri, Tojikiston Islom markazi raisi boshchiligidagi delegatsiya hamda O‘zbekistondan 50 ga yaqin taniqli ulamolar, yetuk olimlar, nufuzli universitetlar, ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari ishtirok etmoqda.
Ayni paytda shahardagi yoshlar markazida xalqaro anjuman Qur’on tilovati bilan boshlandi.