Xalqaro avtosayohat ishtirokchilari Samarqandga yetib keldi

MDH davlatlari yo‘lsozlarining xukumatlararo kengashi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir ishtirokchilari Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston respublikalarining 6200 kilometrdan ortiq yo‘llarini o‘rganadi.


– Bu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad – xalqaro avtomobil yo‘llari va ularning yordamchi infratuzilmasining real holatini tekshirish, yo‘l harakatidagi mavjud nuqsonlarni aniqlash va ularni bartaraf etishga ko‘maklashishdan iborat, – deydi MDH davlatlari yo‘lsozlarining xukumatlararo kengashi kotibiyati rahbari Bo‘ri Karimov. – Bu jarayonda sohadagi ilg‘or, zamonaviy texnika vositalari hamda ko‘chma laboratoriyalardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, tadbir doirasida samarqandlik yo‘lsozlar bilan uchrashib, o‘zaro tajriba almashish hamda kelgusidagi hamkorlik rejalarini belgilab olish niyatimiz bor.
Baxtiyor MUSTANOV.