Xalqaro kuzatuvchilar partiya faollari bilan suhbatlashdi

24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga dunyo jamoatchiligi katta qiziqish bilan qaramoqda. Saylov jarayoniga ko‘rilayotgan tayyorgarlik, nomzodlarning saylovoldi tashviqotlarini kuzatish uchun ko‘plab xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar kelib, joylardagi holatlar bilan tanishmoqda, partiyalar faollari, saylovchilar bilan suhbatlashyapti.

Xususan, YeXHT ning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi xalqaro kuzatuvchisi Lela Taliuri tarjimon Nargiza Rashidova hamrohligida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Samarqand viloyati Kengashida bo‘ldi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan partiya faollariga murojaat etib, tegishli javoblar oldi.

O‘zMTDP Samarqand viloyat Kengashi axborot xizmati.