Xalqaro kuzatuvchilar yurtimizda o‘tkazilayotgan siyosiy jarayon haqida fikr bildirdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini kuzatish maqsadida yurtimizga kelgan xalqaro tashkilotlar vakillari va xorijlik mehmonlar Samarqandda saylov jarayonlari bilan tanishmoqda.

Jumladan, viloyatdagi saylov uchastkalarida siyosiy jarayonni kuzatgan xalqaro kuzatuvchi Andrey Ofitserov (MDH) saylov komissiyasida bo‘lib, o‘z fikrlarini bildirdi.

- Samarqanddagi bir nechta saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlarini kuzatdim, - dedi Andrey Ofitserov. - Parlament saylovlariga tayyorgarlik juda yaxshi tashkil etilgan. Saylovchilarning faolligini alohida ta’kidlash kerak. Yoshlar ham, keksalar ham uchastkaga kelib, o‘z huquqidan foydalanmoqda