“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni o‘z egalariga topshirildi

Viloyat hokimligida o‘tkazilgan tantanali tadbirda samarali va fidokorona mehnatlari uchun davlat va jamoat tashkilotlari hamda milliy-madaniy markazlar vakillaridan bir guruhi “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.

– Bu mukofot meni ruhlantirdi, – dedi “Polonez” polyak madaniyat markazi raisi o‘rinbosari Natalya Tatarenko. – Sababi, millati, elatidan qat’iy nazar har bir inson borki, o‘zlarini yagona oilada, o‘zaro do‘stlik, hamjihatlik va bag‘rikenglikda yashab, O‘zbekistonni o‘z vatani deb, hisoblaydi. Shular qatorida polyaklar ham yurtimiz rivojiga daxldorlik hissi bilan yashamoqda. Samarqand shahridagi “Do‘stlik uyi”da joylashgan markazimizda o‘z qadriyat va an’analarimizni targ‘ib etib etib kelmoqdamiz.