Xarajatlar ikkinchi yarim yillikka o‘tkaziladi

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 apreldagi “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarini maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan viloyat hokimining ham qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan byudjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga joriy yil 16 apreldan 1 oktyabrga qadar moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishi to‘xtatib turiladi. Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlari iqtisod qilingan mablag‘larni mahalliy byudjetlarning daromadlar prognozining bajarilmagan qismini qoplashga yo‘naltiriladi.

Tegishli boshqarma, korxona va tashkilotlar, shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda barcha byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni xarid qilish va kapital ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlar joriy yilning 1 iyuligacha to‘xtatiladi. Ushbu maqsadlar uchun ikkinchi chorakka mo‘ljallangan ishlar qisqartiriladi yoki yilning ikkinchi yarmiga ko‘chiriladi. Kommunal xizmat, oziq-ovqat, qog‘oz va boshqa konselyariya tovarlari xarid qilish, tadbirlar o‘tkazish, joriy ta’mirlash va boshqa xarajatlar qisqartiriladi.