Xastaligi sababli bu qizcha maktabga ham borolmay qoldi. Unga tezkor yordam kerak

Hayot insonni turli sinovlar bilan toblar ekan. Ushbu oila ham bir necha yildan beri qizining sog‘ligidan tashvishda. Ob-havo ham, ozgina harakat ham bu uning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Mahliyo Rahmatullayeva Paxtachi tumanining Guliston mahallasida istiqomat qiladi. Tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan. Keyingi paytlarda sog‘lig‘i yomonlashganidan maktabga ham qatnolmay qoldi, o‘qituvchilar unga uyida dars bermoqda. Ota-ona uni tug‘ilganidan boshlab vrachlarga olib boradi. Ammo jarrohlik amaliyotidan boshqa davo chorasi yo‘q. Uni amalga oshirish bepul, ammo zarur asbob kerak, uning narxi 20 million so‘m. Bu pulni topishga ota-onaning qo‘li kaltalik qilmoqda. Ona qiziga qarash bilan band, ota mavsumiy ishda mehnat qiladi. Kamiga bu yil ular istiqomat qiladigan qishloqqa sel kelib, tomorqaga ekkan ekinlari ham nobud bo‘ldi. Himmati baland yurtdoshlarimiz bu oilaga ko‘mak bersa, bir oilaning uyida xursandchlik bo‘ladi, 12 yoshli qizaloq xastalikdan xalos bo‘ladi.

Mahliyoning salomatligini tiklashga hissa qo‘shish uchun quyidagi plastik kartaga pul o‘tkazishingiz mumkin: 8600 0529 5693 47 39

Ushbu raqamga tushayotgan pul va qizchaning ahvoli haqida xabar berib borishga harakat qilamiz.