Xazora mahallasi oqsoqolligiga kim munosib?

Shu kunlarda Samarqand shahridagi 209 mahallada fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.

Xususan, shahardagi Xazora mahallasida o‘tkazilgan saylov avvalida vakillarga “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati, unga ko‘ra saylov qonunchiligiga kiritilgan yangiliklar bo‘yicha tushunchalar berildi.

Saylovda mahalla oqsoqolligiga uchta nomzod qo‘yilgan bo‘lib, fuqarolar ular orasidan munosib raisni sayladi. Ovoz berish natijasiga ko‘ra, fuqarolar yig‘ini (oqsoqoli) raisligiga Ulug‘bek Abbosov eng ko‘p ovoz oldi va uch yil muddatga mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga saylandi.

Baxtiyor MUSTANOV.