XDP: “Partiya elektorati manfaati yo‘lida” loyihasi amaliyotga tadbiq etilmoqda
O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi shahar va tumanlar kengashlari tomonidan partiya elektorati vakillarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, yoshlar qalbida kasb-hunar ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida, “Partiya elektorati manfaati yo‘lida” loyihasi amaliyotga tadbiq etilmoqda.
Loyiha doirasi aholi vakillari va yoshlarni kasb-xunarga yo‘naltirish, doimiy ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni tizimli asosda himoyalash singari dolzarb vazifalar amalga oshirilmoqda.
Shu maqsadda O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi viloyat va Samarqand shahar kengashlari, Samarqand shahridagi “KOISA” kasb-xunarga o‘qitish markazi tashabbusi bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Samarqand shahridagi o‘nga yaqin umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi. Qatnashchilarga markazning malakali mutahassislari tomonidan axborot texnologiyalari, kompyuter grafikasi va multimediya tizimlari texnigi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish singari mavjud oltita yo‘nalishlar bo‘yicha kasb-xunar egallash uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar xaqida batafsil ma’lumot berildi. Yoshlar kasb-xunar egallash uchun xizmat qiladigan zamonaviy asbob-uskunalar, amaliy-laboratoriya maskanlari bilan yaqindan tanishtirildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar uchun “KOISA” kasb-xunarga o‘qitish markazi taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Partiya maqsad va vazifalarini keng jamoatchilikka yetkazishdagi faol ishtiroki uchun, bir guruh partiya a’zolariga Xalq demokratik partiyasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi, deyiladi O‘zXDP Samarqand shahar kengashi xabarida.