Xitoy delegatsiyasi Samarqandda

Mehmonlar Samarqand shahri bilan tanishishni Hazrati Xizr majmuasidagi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi. Buyuk Yo‘lboshchimiz qabriga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirishdi. 

Shundan so‘ng mehmonlar Amir Temur maqbarasini ziyorat qildi, Registon maydoni, Shohi Zinda majmuasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasida bo‘lib, ajdodlarimizning bunyodkorlik salohiyati bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu majmualar bilan tanishuv chog‘ida mamlakatimizda ajdodlarimizdan meros tarixiy-madaniy ob’yektlarni asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot  berildi.

Xitoylik mehmonlarga viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Xudoyberdiyev hamrohlik qildi.