Xitoy Hindistonning qurollanishiga qarshi
“Deyli ekspress” gazetasining yozishicha, yaqinda Hindiston 2,5 milliard dollarga Rossiyadan qurol sotib olishni ma’qulladi. Rossiya hindlarga yangi qurollar yetkazib berishda azaldan yirik ta’minotchi hisoblanadi. Xususan, hindlar 33 ta qiruvchi samolyot sotib olish va 59 ta samolyotni modernizatsiyalashni mo‘ljallayapti.
Pekin Dehli va Moskva hamkorligidan shunchalik g‘azablandiki, xatto Rossiya bilan urushishga ham tayyor. Xitoy OAV navbatdagi mojaro materiallar seriyasini e’lon qildi. Ularda Hindiston sotib oladigan Rossiya qurollari kamsitilishiga uriniladi. Jumladan, Avia.pro sayti Xitoyning Rossiya T-90 tanki Hindiston iqlim sharoitida ishlatilishiga mutlaqo yaroqsiz ekani haqidagi safsatasini takrorladi. Yirik Xitoy axborot brendi Sohu esa go‘yoki kuchli jala quyilishi oqibatida hindlar xarid qilgan T-90 tankining elektr simlari nochorligi tufayli elektron uskunalari ishdan chiqqanligini yozadi.
Xitoyliklar hatto 32 ta shunday tank ishdan chiqqanini ham bilgan emish. Gap shundaki, Xitoy Rossiyaning dunyoda tengi yo‘q qudratli qurollariga Hindistonning chegara mojarolarini qo‘zg‘ashidan xavotirda.
“Mir novostey” (2020 y, 28-son) haftanomasi aosisda T.Murod tayyorladi.