Xitoy-o‘zbek vaksinasini olganlar xorijga chiqish uchun qayta emlanishi mumkin

Boshqa davlat fuqarosi sifatida siz borayotgan davlat talablariga rioya qilishingiz kerak bo‘ladi va albatta shu davlatlarda belgilangan vaksinalar ro‘yxati bo‘yicha emlanib borishingiz maqsadga muvofiq.

Bunday holatda chet el fuqarosi sifatida shu davlat aholisi orasida COVID-19 kasalligini tarqatuvchisi bo‘lmasligingiz juda muhim hisoblanadi.

Hozirda O‘zbekiston-Xitoy vaksinasini 1-bosqichi bilan emlangan bo‘lsangiz, shu vaksina bilan to‘liq emlanishingiz talab etiladi. Bu vaksina ro‘yxatiga kiritilgan davlatlar ham ko‘p, shu davlatlarga bemalol borishingiz mumkin.

Agar siz reja qilgan davlatning ro‘yxatida bu vaksina bo‘lmasa, to‘liq vaksinatsiyadan o‘tgandan so‘ng 3-6 oy o‘tib, oilaviy shifokorga uchrashishingiz, organizmdagi hosil bo‘lgan antitanachalar va salomatligingiz holati baholangan holda mos keladigan turdagi vaksinani olishingiz mumkin.

Bu haqda koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ma’lumot berdi.